Andishasiz “hijobli”lar

Bu postlarni qilishdan avval muslima opa va singillarimizdan uzr so’rab qolaman. Biz sizlarni yaxshi ko’ramiz. Alloh buyurgan tarzda hijoblanganingizga umuman shubhamiz yo’q. Bu mulohazalar ko’chalarda o’zlarini namoyish etayotgan beandisha “muslima”larga qaratilgan.

Bugungi kunning yana bir katta muammolaridan biri, ko’plab muslim va ayniqsa muslimalarni havotirga tushirayotgan holatlardan biri “andishasiz “hijobli”lar”ning paydo bo’layotganidir.

Ko’pchilik qizlarimiz hijobni faqatgina moda yoxud boshqa maqsadlarda (uzr, ba’zilari turmushga chiqib olish maqsadida ham) hijoblanishmoqda.

Ko’chada yuramiz, baribir ko’zimiz tushadi. Shu ham hijobmi deb qolamiz ba’zida. Ba’zilari ro’mol bilan boshlarini yopishadi-da, tor kiyimlarni kiyib, tor shim bilan kalta yupka kiyib olishadi. Albatta men bularni hijblangan demayman. Lekin ko’pchilik omi aholi ongida aynan shular ham hijoblanganlar tarkibidadir.

Bir do’stimning ikkita hikoyasi meni hangu mang qilib qo’ydi. Avvaliga ishonmoqchimas edim, lekin u do’stim hech yolg’on gapirmasdi. Hammasi haqiqat edi.

Do’stimning birinchi hikoyasi:
“Bir kafega kirgan edim. O’tirdim. Birozdan so’ng 2 ta “hijoblangan” qiz bir bola bilan kelishdi-da, alohida xona so’rashdi. Menga qarayotgan xizmatchi ularga ham xizmatda bo’ldi. Shunda men undan so’radim:
– Ular nima uchun alohida xona so’rashdi?
– E, gapirmang uka, shu ikkala qiz ham hozir ustilaridagi hijobni, ro’molni yechib yuborib, ichkarida yigit bilan birga apoq cahpoq bo’lib o’tirishibdi. Hatto bittasi sigaret ham chekyapti…”

Do’stimning ikkinchi hikoyasi:
“Yo’lda edim. Qornim ochib ketib, shu yerdahi bir restoranga kirdim. Avvaliga hammasi tinch edi. Yonimizdagi stolda tug’ilgan kunmi, yana nimadir bo’layotgan edi. Birdan musiqa yangradi… Ko’zimga yaqqol tashlangani, davrada o’tirrgan bir “hijobli” qiz boshqalarni, hatto erkaklarni ham ortda qoldirib, shunday hirom qilardiki, qimirlamagan joyi qolmagan edi… Astag’firulloh, bu qizning hijoblanganiga tashqarida nechtasi xavas qilarkin-a?”

Do’stimning hikoyalari tugadi… Xulosa esa sizdan…

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *